Yangi Telegram botlar konstruktori

Telegram botingizni kod yozmasdan ishga tushiring

Referal konkurs, menyu-kurs yoki pullik kanal boti — tayyor turini tanlang, BotFather tokenini kiriting. Server, xavfsizlik va to'lovlar bizda, siz esa hammasini qulay paneldan boshqarasiz.

SMS va parolsiz — Telegram orqali kirishHosting kerak emasMa'lumotlar hech qachon o'chmaydi
Konkurs bot
bot
Qanday ishlaydi

To'rt qadam — va botingiz ishlayapti

Dasturchi yollash, server sotib olish yoki kod yozish shart emas. Hammasi brauzerda.

1

Telefon raqam bilan kiring

Raqamingizni yozing — @bothub_uzbot sizga 6 xonali kod yuboradi. SMS ham, parol ham kerak emas.

2

Bot turini tanlang

Katalogda har bir turning imkoniyatlari, ochish narxi va oylik tarifi ochiq yozilgan.

3

Tokenni ulang

@BotFatherda /newbot orqali bot yarating va tokenni kiriting. U tekshiriladi va shifrlab saqlanadi.

4

Balansni to'ldiring

Kartaga o'tkazib, chek rasmini yuklang. Tasdiqlangach ochish narxi yechiladi va bot darhol ishga tushadi.

Bot turlari

Vazifangizga mos tayyor bot

Har bir tur — o'ylab chiqilgan mahsulot: sozlamalar, postlar va statistika bir joyda.

LinkGiver

Referal konkurs bot

Userlar do'stlarini taklif qilib ball to'playdi, belgilangan ballga yetganda mukofot avtomatik beriladi.

  • Majburiy a'zolik (kanal, guruh, join request)
  • Shaxsiy referal link va taklif posti
  • Ball berish rejimini tanlash
  • Bir nechta mukofot bosqichi
  • Top reyting va broadcast
Ochish narxi100 000 so'moylik: bepuldan boshlanadi

Menyu bot

Kontent / kurs boti

Istalgan chuqurlikdagi tugmalar menyusi: har bir tugmada postlar, kanal postlari va fayllar.

⏳ Tez orada

Pullik kanal

Pullik obuna boti

Yopiq kanal yoki guruhga pullik obuna: tariflar, chek orqali to'lov va avtomatik bir martalik havola.

⏳ Tez orada

Kargo bot

Kargo kompaniyalari uchun

Mijozlar va yuklar bilan ishlash uchun to'liq sozlanadigan bot. Hozir ustida ishlayapmiz.

⏳ Tez orada
Imkoniyatlar

Bot egasiga kerak bo'lgan hamma narsa

Pastdagi bloklarni sinab ko'ring — ular paneldagi haqiqiy funksiyalarning soddalashtirilgan ko'rinishi.

Majburiy a'zolik va tugmalar joylashuvi

Kanallar, guruhlar va yopiq kanallar (join request ham a'zo deb hisoblanadi) hamda tekshirilmaydigan tashqi linklar. Tugmalarni sudrab, qatorlarga xohlagancha joylashtiring.

Tugmani boshqa tugma ustiga yoki qatorga sudrang

Klaviatura: Bo'sh joy yoki Enter — tugmani olish, strelkalar — qator ichida yoki qatorlar orasida ko'chirish, Esc — bekor qilish.

Konkursda qatnashish uchun quyidagilarga a'zo bo'ling 👇
📢 Kurs yangiliklari📢 Bonus kanal
👥 Muhokama guruhi
🔗 Instagram
✅ Tasdiqlash
Telegram'da shunday ko'rinadi

Referal rejimlari

Ball qachon berilishini o'zingiz tanlaysiz.

Taklif qiluvchi balli
Do'st /start bosdi0
Kanallarga a'zo bo'ldi+1
Kanaldan chiqib ketdi0
Natija1 ball

Mukofot bosqichlari

Bitta yoki bir nechta bosqich: N ballga yetganda post, havola yoki fayl avtomatik yuboriladi. Har bir mukofot userga faqat bir marta beriladi.

Namunaviy user: 0 ball

Xabar tarqatish

Rasm, video va tugmali postni barcha userlarga yuboring. Pauza, davom ettirish, to'xtatish — botni bloklaganlar avtomatik ajratiladi.

Yuborilmoqda…0%
Yetkazildi: 0Bloklagan: 0Namuna: 2 400 user

Statistika namuna

Botingiz qanday o'sayotganini kunma-kun kuzating.

👤 Yangi userlar🟢 Faol🚫 Bloklagan🔗 Referallar

Bot ichida /admin

Telefoningizdan ham boshqaring — qo'shimcha adminlar qo'shish mumkin.

/admin12:04 ✓✓
Admin panel 👇
📊 Statistika📨 Xabar
🔒 Majburiy a'zolik: ✅

Xavfsiz va barqaror

Token shifrlanganHech qachon javob yoki loglarda ko'rinmaydi
Webhook orqali tezkorHar bir bot uchun alohida maxfiy kalit
Kunlik zaxira nusxaMa'lumotlaringiz saqlanib qoladi
Narxlar

Shaffof narx: bir martalik ochish + oylik server

Oylik to'lov faqat faol userlar soniga bog'liq — botni bloklaganlar hisoblanmaydi. Botingiz o'sgan sari to'laysiz.

Bot turi
0 – 1 000 userbepul
1 001 – 10 000 user50 000 so'm / oy
10 001 – 50 000 user150 000 so'm / oy
50 001 – ∞ user300 000 so'm / oy

Sizning hisob-kitobingiz

Bir martalik ochish100 000 so'm
Oylik server to'lovi50 000 so'm / oy
  • Har davr boshida balansdan avtomatik yechiladi — oldindan to'lov.
  • Balans yetmasa, 3 kun muhlat beriladi, keyin bot vaqtincha to'xtaydi.
  • Ma'lumotlar o'chmaydi: balans to'ldirilishi bilan bot o'zi tiklanadi.
Shu botni ochish
To'lov

Ichki balans — oddiy va nazoratli

Barcha to'lovlar bitta balans orqali. Har bir yechim tarixda ko'rinadi.

1. Kartaga o'tkazing

Panelda ko'rsatilgan kartalardan biriga istalgan summani o'tkazing.

2. Chekni yuklang

To'lov cheki rasmini panelga yuklang — zayavka darhol operatorga boradi.

3. Balans to'ldiriladi

Tasdiqlangach balans oshadi va @bothub_uzbot sizga xabar yuboradi.

Balans tugasa nima bo'ladi?

Hech narsa yo'qolmaydi — bot faqat vaqtincha to'xtaydi.

  1. FaolOylik to'lov yechildi
  2. OgohlantirishBalans yetmadi
  3. 3 kun muhlatBot ishlashda davom etadi
  4. To'xtatildi"Bot vaqtincha ishlamayapti"
  5. Avtomatik tiklanadiBalans to'ldirilishi bilan
Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Javob topmadingizmi? Panelga kiring yoki platforma boti orqali yozing.

Boshlash uchun kerak bo'ladi:

Telegram akkaunt, telefon raqam va @BotFather'dan olingan bot tokeni. Boshqa hech narsa.

Boshlash

Yo'q. Bot turini tanlaysiz, matn va tugmalarni paneldan yozasiz, kanallarni qo'shasiz — qolganini BotPro bajaradi. Server, kod va yangilanishlar bizning zimmamizda.

Telegram'da @BotFather'ni oching, /newbot buyrug'ini yuboring, botga nom va username bering. BotFather bergan tokenni BotPro'ga kiriting — u avtomatik tekshiriladi va shifrlangan holda saqlanadi.

Botni bloklamagan barcha userlar. Bloklaganlar oylik to'lov hisobiga kirmaydi, shuning uchun faqat haqiqiy auditoriyangiz uchun to'laysiz.

Yo'q. Avval ogohlantirish keladi va 3 kun muhlat beriladi. Shundan keyin ham to'ldirilmasa, bot vaqtincha to'xtaydi va userlarga "bot vaqtincha ishlamayapti" deb javob beradi. Barcha userlar, ballar va sozlamalar saqlanadi — balans to'ldirilishi bilan bot avtomatik tiklanadi.

Siz — web paneldan va bot ichidagi /admin buyrug'i orqali. Kerak bo'lsa, botga qo'shimcha adminlar qo'shishingiz mumkin.

Ha. Bitta akkauntda turli turdagi bir nechta bot ochishingiz mumkin — har biri o'z tarifi bo'yicha alohida hisoblanadi va umumiy balansdan to'lanadi.

Birinchi botingizni bugun oching

Telefon raqamingiz bilan kiring, bot turini tanlang — bir necha daqiqadan so'ng u userlaringizni kutib oladi.